Front End dasturlash
HTML 5 – bu HTML 4.01 gipermatnli markerlash tilidan keyingi versiya hisoblanadi. HTML 5 yangi versiya bo`lganligi sababli bir nechta yangi teglar kiritilgan.HTML 5 qulaylik taraflaridan eng asosiysi bu multimediali tizimlar bilan aloqa qilishda va saytga multimedia joylashda qo`shimcha qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun maxsus teglar chiqarilganligidir. Bir necha yillar oldin sahifaga video faylini joylash uchun bizga Flash Player, Flash Multimedia o`qigich va "object" tegidan foydalanilgan. Bundan tashqari turli xil JavaScript, JQuery va CSS larsiz sahifaga video aks etmas edi. HTML 5 da mana shu muammolarni "video" va "audio" teglari hal qildi.
CSS(inglizcha: Cascading Style Sheets) — belgilash tillari formal tili. CSS ning to`liq shakli 1997-yil tashkil topgan boʻlib, "WWW Consorcium" tomonidan qoʻllab quvvatlangan va foydalanishga taqdim etilgan. Dastlab, CSS kodlarini Netscape Navigator 4.0 va Internet Explorer 4.0 brauzerlari tushuna olgan, hozirgi kunda CSS kodlarni istalgan brauzerlar qoʻllab quvvatlay oladi. CSS elementlarni ekranda, qogʻozda va yoki boshqa medialarda koʻrinishini tasvirlaydi. CSS veb sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. Hamda bir vaqtning o`zida bir nechta veb sahifalarning dizaynini oʻzgartirish mumkin. Biror bir veb sahifani turli xil qurilmalarda turli xil koʻrinishini ham taʼminlaydi. CSS fayl .css formati orqali tashqi xotira saqlab qo`yishingiz va kezi kelganda veb sahifaning HTML kodini o`zgartirmasdan, faqat CSS faylni oʻzgartirish orqali veb sahifaga yangidan ko`rinish berishimiz mumkin. Qisqacha qilib aytadigan bo`lsak, HTML faqat veb sahifani kodlarini yozish uchun ishlatiladi, HTML da ham veb sahifaga dizayn bersa bo`ladi, lekin bu juda uzoq jarayon talab qilgani bois, CSS bu vazifani oʻz bo`yniga oʻlgan. CSS ning boshqa tillardan bitta ustun tarafi shundan iboratki, CSS kodlarini kompilatsiya qilish uchun, hech qanday kompillyatorlar, redaktorlar yoki biror bir dasturlar shart emas. Bizga oddiygina Internet Explorer va shu kabi brauzerlar kifoya. Brauzerlar orqali biz CSS kodlarini bemalol tahlil qilishimiz, natijamizni to`g`ridan to`g`ri ko`rishimiz mumkin
Bootstrap hozirgi kunda eng ko’p ishlatilayotgan front end development frameworki hisoblanadi. Unda HTML, CSS va JavaScript to`liq joylashtirilgan va ushbu framework yordamida o`zingiz istagan sayt ko’rinishini bir necha daqiqalarda, qiyinchiliklarsiz tayyorlab olishingiz mumkin. Frameworkning rasmiy getbootstrap.com sayti orqali uni to`liq yuklab olishingiz va hech qanday cheklovlarsiz ishlatishingiz mumkin. Agar tizim bilan ishlashni hali bilmasangiz, Google orqali qidirishda Bootstrapga oid minglab darslarni, maqolalarni topishingiz mumkin. YouTube, Vimeo kabi video saytlarda esa Bootstrap to’g’risida tayyorlangan video darsni juda ko’plab topish mumkin. Bootstrap ilk "mobile first" framework hisoblanib, unda birinchi e`tibor tayyorlangan sahifalar mobil qurilmalarda qanday ko`rinishiga qaratiladi. O`zining moslashuvchangili sabab Bootstrapda tayyorlangan sahifalar barcha hajmdagi ekranlarda bir xil chiroyli ko`rinadi. Bootstrap haqiqatdan ham front end ustalarining ishini bir necha o`n barobarga osonlashtirdi. Bir necha yil avval HTML va CSS kodlarni to`liq qo`lda yozib sayt tayyorlayotgan kishilar Bootstrapning qanchalik qulay tizim ekanligini bir necha bor ishlatib ko`rgandanoq bilib olishlari mumkin.
Sass(inglizcha - "Syntactically awesome style sheets") oldindan ishlov beruvchi freymvorklari CSS asosida yaratilgan bo‘lib, dasturchilar uchun CSS bilan ishlashda anchagina qulayliklar va qo`shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Uning yordamida sayt tuzishga ketadigan vaqtni tejab, nisbatan kamroq kod yozish mumkin bo`ladi. Hatto, bu ikkisi yordamida sayt stillarini yozishga dasturlash tillari kabi yondashish mumkin.
JavaScript - bu web sahifalarda klient tarafi (brazuer) da biror bir funksional vazifalarni hamda interaktiv imkoniyatlarni ishlab chiqishda qo`llaniladigan til bo`lib, hozirgi kunda nafaqat brauzerlar, balki server tomondagi skriptlash tili (masalan NodeJs texnologiyasida) sifatida qo`llanilayotganligi sabab ushbu tilga bo'lgan talab oshib bormoqda.
Hozirgi dasturlash olamini ushbu texnologiyasiz tasavvur qilish mushkul. Proyektlar ustida dasturchilar jamoa bo`lib ishlashadi. Bu esa proyekt fayllari markaziy omborda saqlanishini talab qiladi! Ushbu masalalarni dasturchilar Git orqali osongina hal qilish imkoniga egalar