Learn Coding

Front End dasturlash kursimiz haqida batafsil

Web dasturlash brauzeringiz orqali ko`rishingiz va foydalanishingiz mumkin bo`lgan barcha web dasturlarni tayyorlash jarayonini o`z ichiga oladi. Web dasturlash ham juda qiziqarli va katta daromad keltiradigan soha hisoblanadi. Malakali dasturchilarga bo`lgan talab bugungi kunda har doimgidan ham yuqori. Agar qachondir web dasturlashni o`rganish haqida o`ylab ko’rgan bo`lsangiz, hozir bu niyatingizni amalga oshirish uchun kirishishning ayni vaqti!

Ushbu kursda siz yurtimizdagi taniqli IT akademiyalarida 3 oy mobaynida o`qitiladigan HTML5, CSS3, Bootstrap, Sass, JavaScript, Git kabi front end texnologiyalarini uyda o`rganishingiz mumkin! Ushbu kurs narxi Toshkentdagi o`quv markazlarida oyiga 500000 so`m turadi. Demak uch oy o`qish uchun 1500000 so`m xarajat sarf qilinadi! Bizda esa bir oylik kurs narxi atigi 100000 so`m. Kurs haftada 3 kun va har bir dars davomiyligi 2 soatni tashkil etadi.

Darslar qiziqarli va interaktiv usulda olib boriladi. Uyga beriladigan vazifalar ham real proyektlardan namuna qilib beriladi! Shuningdek, yuqori tezlikdagi internet bilan ham ta`minlaymiz!

Kelajak kasbini egallash istagida bo`lsangiz kursimizga tashrif buyuring!

Agar sizda kurslarda qatnashish istagi bo`lsa quyidagi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali biz bilan bog`laning.